Andijonda spirtli ichimlik ichish ayanli voqea bilan tugadi

Andijonda spirtli ichimlik ichish ayanli voqea bilan tugadi

2019 yil 20 mart kuni Andijon shahar O‘zbegim mahallasida joylashgan binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan, Toshkent ko‘chasida yashovchi B.Z. Andijon tumani Ogullik mahallasida yashagan D.E. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli B.Z.,ulfati D.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, D.E. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Z. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!