Andijonda "Spark" haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi

Andijonda "Spark" haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi

📍Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasida joylashgan "Abu saxiy" savdo do‘koni yaqinida haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan F.N. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan, 2005 yilda tug‘ilgan M.B hamda 2011 yilda tug‘ilgan M.A.larni urib yuborgan.

🔹Natijada ikkala piyoda ham tan jarohatlari olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

📌Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me’yoriga amal qilib, piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!