Andijonda qariyb 160 mln so‘mlik telefonlarni noqonuniy yo‘l bilan olib kelgan erkak qo‘lga olindi

Andijonda qariyb 160 mln so‘mlik telefonlarni noqonuniy yo‘l bilan olib kelgan erkak qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

Unda aniqlanishicha, Oltinko‘l tumanida 1981 yilda tug‘ilgan A.B. ismli erkak boshqaruvidagi «Cobalt» mashinasi shubha ostiga olinib, bojxona boshqarmasiga olib kelingan. Tekshiruv davomida avtomobil yukxonasida 2 dona poliyetilen qoplarga joylashtirilgan chet el uyali aloqa vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan 12 xildagi telefonlarning soni 70 ta bo‘lib, umumiy qiymati 156 800 000 so‘mni tashkil qilgan.

Uyali aloqa vositalari holatga aniqlik kiritilgunga qadar daliliy ashyo sifatida olingan va dalolatnoma asosida vaqtincha saqlovga qo‘yilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!