Andijonda MIB xodimining "nojo‘ya" xatti-harakatlari o‘rganilmoqda

Andijonda MIB xodimining "nojo‘ya" xatti-harakatlari o‘rganilmoqda

Joriy yilning Telegram kanalining “BASTION” kanalida Byuroning Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari N.Xakimovning xatti-harakatlari yuzasidan xabar joylashtirildi.

Xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Byuroning Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisi N.A.Xakimov boshqarma boshlig‘ining 01.01.2022 yildagi buyrug‘i bilan Byuroning Andijon shahar bo‘limiga xizmat safariga chaqirtirilib, unga bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari vazifasi vaqtincha yuklatilgan.

Byuroning Andijon viloyati boshqarmasiga fuqarolar hamda Byuro xodimlari tomonidan N.Xakimovning xatti-harakatlaridan yuzasidan shikoyatlari kelib tushmagan.

Shuningdek, uning viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.K.Nasriddinov bilan qarindoshchilik aloqasi, mehnat va ijro intizomiga zid ravishda ish olib borilayotgani, asossiz ravishda yig‘ilish o‘tkazayotganligi hamda xodimlarga nisbatan qo‘p muomalada bo‘lishi yoki ularga tazyiq o‘tkazayotganligi holatlari aniqlanmagan.

Hozirda N.Xakimovga nisbatan bo‘lgan e’tiroz va shikoyatlarni, boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarni Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari o‘rtasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Aniqlangan salbiy holatlar bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!