Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

2022 yil 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir natijasida, Andijon shahrida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan ayol Z.B.ning sumkasida jami 150 dona “Tropikamid” hamda 18 dona “Fenobarbital” nomli kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari borligi hamda ushbu dorilarni sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!