Andijonda kelinoyisini pichoqlab, qochib ketgan ayol qidirilmoqda

Andijonda kelinoyisini pichoqlab, qochib ketgan ayol qidirilmoqda

Andijon ayol o‘z kelinoyisini pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

"18.06.2021 yil soat 1830 larda Andijon shahri, Navro‘z mahallasida yashovchi ruhiy kasal M.Xodjayeva (1985 y.t., sudlanmagan) yashash xonadonida hech bir sababsiz kelinoyisi G.Xodjayeva (1986 y.t., sudlanmagan, ishsiz) bilan o‘zaro janjallashib, G.Xodjayevani qasddan o‘ldirish maqsadida oshxona pichog‘i bilan o‘ng ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan vaqtida, G.Xodjayeva ko‘chaga qochib chiqib ketganligi uchun M.Xodjayeva o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatini oxiriga yetkaza olmay hodisa joyidan qochib yashiringan.

18.06.2021 yilda shahar prokuraturasi tomonidan M.Xodjayevaga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda", deyiladi ma’lumotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!