Andijonda kafedra dosenti firibgarlik ustida ushlandi

Andijonda kafedra dosenti firibgarlik ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dosenti G.Q. dastlab fuqaro SH.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib 8000 AQSh dollari talab qilgani, biroq hujjat topshirish muddati o‘tganligini ma’lum qilib, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan kafedra dosenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!