Andijonda "Ise rink" nomli muz saroyi foydalanishga topshirildi

Andijonda "Ise rink" nomli muz saroyi foydalanishga topshirildi

“Marine Cinema” jamiyati tomonidan bunyod etilgan muz saroyi 350 nafar tomoshabin uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 20x40 o‘lchamga ega. Ushbu binoni qurib bitkazish uchun tadbirkor tomonidan 17 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.

Bundan tashqari ushbu sport majmuasida tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar kiyim almashtirish xonalari, umumiy ovqatlanish uchun maxsus "Food court«lar hamda «konki» ijara markazi joylashgan.

Marosimni viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu muz saroyi kelajakda sportning bu yo‘nalishida ham Andijonlik yoshlarimizni jahon maydonlarida yurtimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga ko‘taradish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Ochilish marosimi davomida sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarning olqishlariga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!