Andijonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bug‘doy tarqatildi

Andijonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bug‘doy tarqatildi

Andijon viloyati, Bo‘ston tumanida faoliyat yuritayotgan “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri ma’muriyati tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bug‘doy tarqatildi.

Klaster ma’muriyati tomonidan Bo‘ston tumani Guzar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi ta’minlanmagan aholi vakillariga 200 yuz kilogramdan bug‘doy tarqatildi.

-Mahalladoshlarim kabi menga ham agroklaster ma’muriyati tomonidan bug‘doy berilganidan ruhlanib ketdim, - deydi Guzar mahalla fuqarolar yig‘ini “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi fuqaro Sayyoraxon Sultonova.

Ma’lumot uchun mazkur “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri ma’muriyati tomonidan qariyb 60 nafar fuqaroga 200 yuz kilogramdan bug‘doy tarqatildi.

Ilhomjon TOJIBOYEV,

“Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi

paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri

matbuot xizmati xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!