Andijonda faoliyati to‘xtatilgan jamiyatlarga kredit mablag‘larini o‘tkazib, talon-toroj qilish holati fosh etildi

Andijonda faoliyati to‘xtatilgan jamiyatlarga kredit mablag‘larini o‘tkazib, talon-toroj qilish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Mikrokreditbank” Andijon viloyati filiali mansabdor shaxslari fuqaro N.A., M.B.lar bilan oldindan til biriktirib, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan “F.C.” va tugatilgan “M.T.” MCHJ hisob-raqamlarini ta’sischilarining xabardorligisiz ochib, tijorat banklaridan fuqarolar va tadbirkorlar uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining 3 mlrd so‘mini ushbu MCHJlarga hamda 2,1 mlrd so‘mini N.A. tashkil qilgan “S.S.” MCHJga o‘tkazish orqali jami 5,1 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Shuningdek, Andijon shahar DSI mas’ul shaxslari tomonidan faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan yoki tugatilgan MCHJlarda o‘tkazilgan soliq tekshiruvida, o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashi oqibatida byudjetga 861 mln so‘m qo‘shimcha soliqlar hisoblanmasdan qolganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!