Andijonda erkak o‘g‘li tug‘uruq vaqtida vafot etgani sabab shifokorni o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Andijonda erkak o‘g‘li tug‘uruq vaqtida vafot etgani sabab shifokorni o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Milliy Gvardiya Matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 20 iyul kuni soat 15:44 da Chorguzar ko‘chasidagi tug‘uruqxonada asakalik 1978 y.t. R.D tug‘uruqxona bosh shifokori Q.S.ning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda, tug‘uruq vaqtida vafot etgan farzandining o‘limida shifokorlarni ayblab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Xodimlar voqea joyiga yetib borib, huquqbuzardan eshikni ochishni so‘raganda, u prokurorni chaqirishni talab qilgan.

Voqea joyiga Andijon shahar IIO va FMB rahbarlari, Andijon shahar prokurori yetib kelib, R.D.ni eshikni ochishga ko‘ndirgan. THG xodimlari xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o‘tkir tig‘li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari Andijon shahar IIB tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!