Andijonda erkak 3 yashar chaqaloqning ustidan qaynoq suv quydi. Qizaloq vafot etdi

Andijonda erkak 3 yashar chaqaloqning ustidan qaynoq suv quydi. Qizaloq vafot etdi

Andijonda mast erkak 3 yoshli qizchaning ustiga qaynoq suv to‘kib yubordi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 11 yanvarga o‘tar kechasi soat 2:00 da J. (erkak) o‘z uyida ijarada yashayotgan ayolning xonasiga kirgan. U shahvoniy nafsini qondirish maqsadida ayolga taklif bildirgan. Ayol esa ushbu taklifni rad etgan. 

Qayd etilishicha, ushbu erkak va ayol avvaldan telefon orqali muloqotda bo‘lishgan. 

Erkak taklifi qabul qilinmagach ayoning 2018 yilda tug‘ilgan farzandining ustiga 2 litr qaynoq suv quyib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. 

Qizaloq og‘ir kuyish jarohatidan vafot etdi.

Ushbu ish JInoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat Buloqboshi sudida ko‘rib chiqildi. Jinoyatni sodir etgan erkakka sud 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!