Andijonda chet el fuqarolari qo‘lga olindi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Andijonda chet el fuqarolari qo‘lga olindi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Andijon viloyati. 2021 yilning 05 mart kuni soat 18:00 larda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, 36 yoshli Elyorbek M.,  Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi 48 yoshli Umar R., bilan Asaka tumani “Kujgan” MFY., hududida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 18 000 AQSh dollar evaziga 1.830 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtlarida ushlanib, ularni Oltinko‘l tumani “Jalabek” MFY., hududida joylashgan choyxonada 52 yoshli Xasanboy YA., Rossiya Federasiyasi fuqarosi 36 yoshli Muhiddin M.,lar kutib o‘tirganliklari aniqlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda, jami 0.78 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Umar R., Elyorbek R., Muhiddin M., va Xasanboy YA.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Gihyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!