Andijonda “Boshqaruvni yo‘qotgan Kamaz soyga ag‘darilib ketdi”

Andijonda “Boshqaruvni yo‘qotgan Kamaz soyga ag‘darilib ketdi”

Joriy yilning 18 oktyabr kuni soat 02:30larda Quva-Asaka yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro E.SH. boshqaruvida bo‘lgan "Kamaz" rusumli avtomashinasi yo‘l chetidan o‘tgan ariqqa ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasining kelib chiqishiga haydovchining charchoq holatida avtomashina boshqarishi hamda boshqaruv davomida uxlab qolishi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. Haydovchi va boshqa fuqarolar hech qanday tan jarohatlari olishmagan.

Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!