Andijonda ayol va uning jiyani o‘ldirib ketildi

Andijonda ayol va uning jiyani o‘ldirib ketildi

Andijonda ayol va uning jiyani o‘lik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Aniq.uz'ga xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 25 yanvar kuni soat 15:40 atrofida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani, “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi, “Obod” ko‘chasi, 1-uyning hovlisida, 1960 yilda tug‘ilgan K.A. va 2005 yilda tug‘ilgan uning jiyani S.K.ning murdalari qotillik alomatlari bilan topilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda malakali xodimlardan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!