Andijonda 9000 AQSh dollariga giyohvand moddasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Andijonda 9000 AQSh dollariga giyohvand moddasini  sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

2022 yilning 6 may kuni “Qora dori-2022” tadbiri davomida chetdan kontrabanda yo‘li orqali kirib kelayotgan hamda tranzit tashilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Xususan, Farg‘ona viloyatida yashovchi M.A, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi B.S hamda J.M.lardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolari xolis xaridorga 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!