Andijonda 7 yoshli bola jinoyat fosh qilishga yordam berdi

Andijonda 7 yoshli bola jinoyat fosh qilishga yordam berdi

Andijon viloyati. 2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:15 larda noma’lum shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasida Oltinko‘l tumani Ko‘makay MFY., hududida yo‘l chetida ketayotgan voyaga yetmagan 1-sinf o‘quvchisi 7 yoshli Asadbek B.,ning oldida to‘xtab, uni qo‘lidagi narxi 450.000 so‘mlik “RedMi-5” rusumli uyali telefon apparatidan bir marotaba qo‘ng‘iroq qilib olish uchun olib hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, voyaga yetmagan Asadbek B., ushbu “Spark” rusumli avtomashinaning davlat raqamini eslab qolib otasiga ma’lum qilgani natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli Husniddin R., sodir etganligi aniqlanib, o‘z xohishi bilan talonchilik orqali qo‘lga kiritgan uyali telefon apparatni Asadbek B.,ning otasiga olib borib berganligi ma’lum bo‘lgan.

Andijonda 7 yoshli bola jinoyat fosh qilishga yordam berdi

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Husniddin R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!