Andijonda $6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijonda $6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, fuqaro SH. N. boshqa bir fuqaroga o‘zini mehnat migrasiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilgan. Ushbu pullardan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!