Andijonda 37 kishining zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda 37 kishining zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 6 iyul kuni Qo‘rg‘ontepa tumani, “Ijtimoyat” MFY, “Bo‘ston” ko‘chasida yashovchi, fuqaro G‘.M Qo‘rg‘ontepa tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga xolsizlik, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rig‘i va ich ketishidan shikoyat qilgan.

Shu kunning o‘zida yana 26 nafar fuqarolar sog‘lig‘ida yuqoridagi belgilar bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojat qilishgan.

Bemorlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi bilan shoshilinch tibbiy muolajalar o‘tkazilgan, hozirda barcha bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli.

Zaharlanishga sabab bo‘lgan holatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bemorlarning barchasi 2022 yil 5-6 iyul kunlari tuman markazida joylashgan tez tayyorlanadigan yeguliklar bilan savdo qiluvchi shohobchadan “Nonburger” va “Xoddog” sotib olib iste’mol qilganligini bildirishgan.

Mazkur holat yuzasidan 07.07.2022 yilda Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!