Andijonda 23 yoshli talaba yotoqxonada o‘zini osdi

Andijonda 23 yoshli talaba yotoqxonada o‘zini osdi

Andijonda 23 yoshli talaba yotoqxonada o‘zini osdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 1999 yilda tug‘ilgan Q.D. Andijon mashinasozlik instituti talabalar yotoqxonasiga bir o‘zi kelib, tunab qolib ertasi kuni soat 09:30 larda yotoqxonaning xojatxonasi eshigiga kabel simidan sirtmoq yasab, o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

D.Q.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy hamda sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.

Shahar prokuraturasi tomonidan marhumning o‘z joniga qasd qilishi sabablari aniqlanmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!