Andijon viloyatida tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda un olib berishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyatida tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda un olib berishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun muqaddam 6 marotaba sudlangan fuqaro A.Abdurashidov, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 nafar tadbirkorning ishonchiga kirib, ularni aldab, pora berishga dalolat qilib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali imtiyozli narxlarda un olib berish evaziga 145,5 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Abdurashidovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!