Andijon viloyati hokimi Marhamat tumanida ro‘mol to‘quvchi ayollarga 5 million so‘mdan pul berdi

Andijon viloyati hokimi Marhamat tumanida ro‘mol to‘quvchi ayollarga 5 million so‘mdan pul berdi

 

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Marhamat tumanida hunarmand, shuningdek, «ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi muloqotda tadbir qatnashchilarini Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, mamlakatda Prezident tashabbusi bilan aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlagan.

Ayni paytda Marhamat tumanida 175 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholining yarmidan ortig‘i xotin-qizlardir. Muloqotda aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, lekin bu borada tumanda hali qator muammolar mavjudligi qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, Marhamat tumanining aksariyat mahallalarida jundan ro‘mol to‘qish hunari ancha rivojlangan bo‘lib, ro‘mol to‘qish bo‘yicha tumanda o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Shundan kelib chiqib, viloyat hokimi ayollarning bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirishda shu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirgan.

 

 

Uchrashuvda Shuhratbek Abdurahmonov ro‘mol to‘qish yo‘nalishida o‘z tadbirkorligini boshlash va kengaytirish arafasida turgan 75 nafar xotin-qizga AT «Xalq banki» Marhamat tuman filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan 5 million so‘mdan naqd pul topshirgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!