Andijon shahrida tadbirkorning 484,1 mln so‘mini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Andijon shahrida tadbirkorning 484,1 mln so‘mini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.J.” MCHJ sobiq bosh hisobchisi X.A. korxonaning hisob raqamidan o‘zining va tanishi Z.F.ning nomidagi plastik kartalarga jami 484,1 mln so‘mni ish haqi va xizmat safari harajatlari uchun o‘tkazib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!