Andijon hokimini maqtagan "mashhur" qiz tanqid ostida qoldi (VIDEO)

Andijon hokimini maqtagan "mashhur" qiz tanqid ostida qoldi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir kutilmagan video tarqaldi.

Bir vaqtlari xalq orasida "biz bilgandik, biz kutgandik" degan so‘zlar orqali madh etish bilan mashhur bo‘lgan qiz sahnaga qaytibdi, — deya izoh beriladi telegramda tarqalgan videoga. —  Bu safar Andijon viloyat hokimini maqtabdi. Juda ko‘pchilik kulishni boshladi. 

Singlim bu gaplar senga yetib boradimi yoki yo‘q, bilmayman. Lekin sendan iltimos, o‘zingni kulguga qo‘yishni bas qil. Maddohlikni tugat. Hokim ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmaydi, deb o‘ylaysanmi? Sening avvalgi chiqishingda odamlar ustingdan kulganini bilmaydi, deysanmi? Iltimos, bunaqa o‘yinlar ichiga tushib qolma. 

Balki, bular ich-ichingdan chiqayotgan so‘zlardir, ammo o‘zingni kulgu markaziga qo‘yma.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!