Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida 2022 yil 27 iyul kuni soat 12:00da 39 yoshli M.A. Andijon shahar Mustaqillik MFY hududida joylashgan “Pushkin” nomli istirohat bog‘i oldida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan 36 yoshli A.X.ni jiyanini o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga olib qirib qo‘yishini aytib aldab, undan kimyoviy ishlov berilgan 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tomonidan M.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u prosessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!