Ana xolos! Zelenskiy koronavirus yuqtirmagan. U yolg‘on gapiryapti

Ana xolos! Zelenskiy koronavirus yuqtirmagan. U yolg‘on gapiryapti

Ukrainalik huquqshunos Tatyana Montyanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning ma’muriyati rahbari Andriy Yermak, aslida, koronavirusga chalingan emas, shunchaki AQShda hamma narsa hal bo‘lguncha kasalxonada kutishmoqda. 

Ma’lumot uchun, 9 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning koronavirusga qarshi tekshiruvi musbat natija bergani ma’lum bo‘ldi. Uning ma’muriyati rahbari Andrey Yermak ham virus yuqtirgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

"Ular kasal emaslar, hech narsa qilmaslik uchun yotishibdi, chunki mamlakatda vaziyat yomonlashdi", dedi huquqshunos.

Advokat davlat rahbari va uning yordamchisi "Amerikada hammasi hal bo‘lguncha" kasalxonada qolishlari haqida fikr bildirdi.

"Bular shunchaki qo‘g‘irchoq. Ularni boshqaradigan va ularga qimmatli ko‘rsatmalar beradigan hech kim yo‘qligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng darhol kasallikni bahona qilib, ta’til olishdi", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!