Ana xolos! O‘rdaklar sudda yutib chiqishdi

Ana xolos! O‘rdaklar sudda yutib chiqishdi

Bir necha kun oldin Fransiyaning janubida sudda noodatiy ish ko‘rib chiqildi.

Xorijiy internet manbalari xabariga ko‘ra, Daks shahar aholisi nafaqaxo‘r Dominik Dutni sudga bergan.

Pensiyachi 30 yildan beri o‘z fermasida o‘rdak boqadi.

Shahar aholisining bergan arizaga qaraganda, o‘rdaklarning doimiy shovqini tufayli ular bog‘da ishlay va derazalari ochiq holda uxlay olishmagan.

Sudda odamlar "har qanday usul bilan bo‘lsa-da o‘rdaklarning ovozini o‘chirishni" so‘rashgan.

Sud barcha holatlarni ko‘rib chiqib, ekspertiza tayinlagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘rdaklarning ovozi normal holatda bo‘lgan. Shu bois sud da’voni rad etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!