Ana xolos! "Tramp — Putinning kuchukchasi"

Ana xolos! "Tramp — Putinning kuchukchasi"

AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden Amerikaning amaldagi rahbarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning  "kuchukchasi" deb atadi. 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Putinga "amerikalik askarlarning boshlari uchun mukofotlash to‘g‘risida" hech narsa deya olmaydi. Bayden The New York Times gazetasining Rossiyaning Afg‘onistondagi jangarilar bilan shartnoma tuzganligi va ularga bu mamlakatda AQSh askarlarini o‘ldirgani uchun pul taklif qilgani haqidagi materialiga izoh berdi.

Tramp tanqidlarga javoban Demokratning o‘g‘li Xanter Baydenning Rossiyaning eng boy ayoli deb tan olingan sobiq Moskva meri Yuriy Lujkovning bevasi Yelena Baturinadan pul olganini aytdi. Jo Bayden bunga javoban ushbu ma’lumotni yolg‘on deb atadi.

Bayden, shuningdek, Donald Trampga indamaslikni taklif qildi. Bahs paytida Tramp bir necha bor Baydenning gapini to‘xtatdi. “Siz jim turasizmi? Bu prezidentlikka xos emas”, – dedi demokrat.

Oldinroq Bayden soliq deklarasiyasini e’lon qilish orqali o‘z daromadlarini oshkor qilgani va Trampni ham shunday qilishga undagani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!