Ana xolos! Rossiyalik shifokorlarning aksariyati COVID-19 bo‘yicha rasmiy statistikaga ishonmas ekan

Ana xolos! Rossiyalik shifokorlarning aksariyati COVID-19 bo‘yicha rasmiy statistikaga ishonmas ekan

COVID-19 simptomiga ega bemorlar bilan ishlash tajribasiga ega rossiyalik shifokorlarning aksariyati koronavirus bo‘yicha rasmiy statistikaga ishonmaydi. So‘rovlarda qatnashgan 502 shifokorning qariyb 60 foizi ana shunday fikr bildirgan.

 So‘rovda qatnashganlarning 49 va 47 foizi kasallanganlar va vafot etganlar bo‘yicha statistika kamaytirilgan degan fikrda bo‘lsa, 9 va 11 foizi mos ravishda rasmiy raqamlar oshirib ko‘rsatilgan deb ishonadi.

Shifokorlarning 23 foizi bemorlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqqoniy deb hisoblaydi.

So‘rovda qatnashgan shifokorlarning 44 foizi tibbiyot xodimlari ishini yengillashtirish uchun hech narsa qilinmadi degan fikrda.

Sosiologlarning qayd etishicha, rasmiy statistikaga nisbatan ishonchsizlik nafaqat shifokorlar, balki tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan aholi orasida ham kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel boshida 58-59 foiz respondent rasmiy statistikaga ishongan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 46–47 foizgacha pasaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!