Ana xolos! Qirg‘izistonda koronavirusni tarqatganlik uchun birinchi jinoiy ish ochildi

Ana xolos! Qirg‘izistonda koronavirusni tarqatganlik uchun birinchi jinoiy ish ochildi

Qirg‘izistonda koronavirus tarqatganlik yuzasidan birinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Respublika COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha shtabi ma’lumotiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘sh viloyatida istiqomat qiladigan gumonlanuvchi karantin qoidalarini buzgani uchun hibsga olingan. Tekshiruv natijasida uning koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

«Afsuski, qo‘lga olingan fuqaro koronavirus yuqtirib olganligini qarindoshlaridan, tengdoshlari, hamkasblaridan ham yashirgan va infeksiyani ularga ham yuqtirgan. Ayni vaqtda u maxsus karantin hududida davolanmoqda. Tuzalganidan keyin 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi», — deya xabar qilgan shtab vakili.

Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 7 aprel holatiga ko‘ra, 228 nafarga etgan, to‘rt nafar odam vafot etgan. Kasallanganlar orasida tibbiyot xodimlari ham bor. COVID-19 epidemiyasi sabab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Bir nechta shaharda, jumladan, poytaxtda favqulodda holat rejimi hukm surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati 3 aprel kuni qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!