Ana xolos! Pandemiya paytida AQSh qurolli kuchlarida o‘z joniga qasd qilishlar soni 20 foizga oshdi

Ana xolos! Pandemiya paytida AQSh qurolli kuchlarida o‘z joniga qasd qilishlar soni 20 foizga oshdi

Pandemiya paytida AQSh harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshgan.

Bu haqda “Associated Press” quruqlik va havo kuchlari vakillari, shuningdek, ruhiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassislarga asoslanib xabar berdi.

"Men ilmiy jihatdan biror nima deya olmayman, lekin jadvallar va grafikalarga asoslangan holda aytishim mumkinki, ruhiy kasallik bilan bog‘liq muammolar ko‘paygan", deydi Qo‘shma Shtatlar armiyasi vaziri Rayan Makkarti “Bu aniq koronavirus tufayli deb ayta olmaymiz. Ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlar mavjud. Zero, koronavirus tarqalganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilishlar soni ko‘paydi. Nafaqat o‘z joniga qasd qilishlar, balki qotillik va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlar darajasi ham oshdi”, deya qo‘shimcha qilar ekan.

Qurolli Kuchlar tomonidan ta’kidlanishicha, kuzatilayotgan tendentsiya moliyaviy va psixologik jihatdan beqarorlikning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!