Ana xolos! Minglab shilliqqurtlar tailandlik ayolni uyidan quvib chiqardi

Ana xolos! Minglab shilliqqurtlar tailandlik ayolni uyidan quvib chiqardi

Tailandning Yasotxon shahrida yashovchi ayolning kishining uyini minglab shilliqqurtlar bosdi va ko‘chaga haydab chiqardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uyining pollari va devorlarini egallab olgan ko‘plab hasharotlar 66 yoshli Samang Chandarakni dahshatga solgan. Kundan-kun ayol shilliqqurtlarni ko‘chaga chiqarmoqchi bo‘ldi, ammo bu yordam bermadi. "Ertasi kuni yana qaytib kelishdi, — deydi u. — Men ular bilan to‘rt kun kurashdim, ammo foydasi bo‘lmadi".

Ayol mahalliy hokimiyat bilan bog‘langanidan keyin zararkunandalarga qarshi kurash olib borildi. Shilliqqurtlar soni kamaymadi, zahri esa ayolga ta’sir qildi.

"Terim qichiy boshladi va bu meni xursand qilmaydi, — dedi u. — Men boshqa bu yerda yashay olmayman. Men uydan ketishga majburman".

May oyida Tailandning Utxaytxani provinsiyasida millionga yaqin urg‘ochi qo‘ng‘iz turar-joy binosiga kirib, bir oilani ko‘chaga haydab chiqargani haqida xabar berilgandi. Hasharotlarning bostirib kirishi 10 may kuni kuchli yomg‘irdan keyin boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!