Ana xolos! Er suddan sobiq xotini bilan haqiqiy qilichlarda jang qilishga ruxsat berishini so‘radi

Ana xolos! Er suddan sobiq xotini bilan haqiqiy qilichlarda jang qilishga ruxsat berishini so‘radi

AQShning Kanzas shtati fuqarosi suddan sobiq xotini va uning advokati bilan qilichlar yordamida janjallashish uchun ruxsat so‘radi, deb yozadi Fox News.

40 yoshli Devid Ostromning so‘zlariga ko‘ra, sobiq rafiqasi, 37 yoshli Bridjet Ostrom va uning advokati Metyu Hudson bolalarga vasiylik qilish huquqi va mulk solig‘i bo‘yicha "uni yo‘q qilishgan".

Shu bois amerikalik Ayova okrug sudidan ayoli bilan haqiqiy urushmoqchi ekanligini, jang uchun zarur bo‘lgan qilichlarni topishi uchun esa unga uch oy berishlarini so‘radi.

Erkak o‘zining g‘ayrioddiy iltimosini AQShda bunday janglarga taqiq yoki cheklov yo‘qligi bilan izohladi.

Bridjet Ostromning advokati esa bunga javoban suddan erkakni psixologik tekshiruvga yuborishni va uning sudga qatnashini vaqtincha cheklashni so‘radi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!