Ana xolos! Arshavinni Messiga almashtirmoqchi bo‘lishgan

Ana xolos! Arshavinni Messiga almashtirmoqchi bo‘lishgan

Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin 2008 yilda Ispaniyaning "Barselona" klubiga o‘tmaganligini esladi.

"Menga "Barca" bilan qiziqqanida, "Zenit" rahbariyati meni faqat Messiga almashtirishlari mumkinligini aytishgan ekan. Bu qanchalik haqiqat ekanligini bilmayman, ammo "Zenit" meni "Barselona"ga qo‘yib yubormagani rost», — dedi Arshavin Match TVga bergan intervyusida.

Shuningdek, u Kataloniya klubiga o‘tish uchun cho‘ntagidan 3 million yevro to‘lash to‘g‘risida o‘ylamaganligini ham tan oldi.

"Men shartnoma sotib olish uchun cho‘ntagimdan 3 millionni to‘lashga tayyormanmi? Bilmayman, bu haqda o‘ylamagandim. O‘shanda menda buncha pul yo‘q edi", — dedi Arshavin.

Arshavin 2018 yilda faoliyatini yakunladi. Uning so‘nggi klubi Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi edi. Bundan tashqari, faoliyati davomida "Zenit", "Kuban" va Angliyaning "Arsenal" jamoalarida o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!