Ana xolos! AQShlik yigit karantinda o‘ziga mahbuba topdi

Ana xolos! AQShlik yigit karantinda o‘ziga mahbuba topdi

Amerikaning Nyu-York shahridan bo‘lgan fotograf karantin paytida qo‘shnisi bilan uchrashishning g‘ayrioddiy usulini taklif qildi. Bu haqda "Metro" xabar bermoqda.

28 yoshli Jeremi Koyen kvartirasining derazasida suratga tushayotganida qo‘shni uyning tomida raqs tushayotgan qizni ko‘rib qoldi. U qizga telefon raqami va tanishishni taklif qilib, xabarni dron orqali yubordi. Ko‘p o‘tmay, 24 yoshli Tori unga SMS-xabar yozdi: "Salom, bu tomdan tushgan qiz!"

Amerikalik yigit Torini ko‘ndirdi va masofaviy uchrashuv tayinlandi. Fotograf o‘z kvartirasining balkoniga kichkina stol qo‘ydi va Toridan ham shunday qilishni so‘radi. Yigit-qiz videoqo‘ng‘iroq qilishdi va tezda til topishishdi. Keyin Koyen qiz bilan yuzma-yuz uchrashmoqchi bo‘ldi.  Xavfsizlik choralarini buzmaslik uchun u shishiriladigan shaffof sharda uchrashuvga keldi. "Men bu sharni ikkinchi uchrashuvimizga juda mos kelishini bilardim! - dedi yigit bilan, - men uni hayratda qoldirdim".

Koyen Tori uchun bir dasta gul sotib oldi va hatto antiseptik vosita ham keltirdi. Biroq, shar tufayli u sovg‘alarni bera olmadi. "Biz suhbatlasha olmadik, ammo bir-birimizga kulib turdik", deya hikoya qiladi yigit. "Umid qilamanki, men u bilan yana uchrashaman. To‘g‘ri, biz hali uchinchi uchrashuvni kelishmadik", – deb tan oldi Koyen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!