Ana xolos! Er-xotin chet eldan koronavirus yuqtirib kelganlarni do‘pposlashni talab qildi

Ana xolos! Er-xotin chet eldan koronavirus yuqtirib kelganlarni do‘pposlashni talab qildi

Prokuror tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv Dominikan Respublikasidan Barnaulga kelgan er-xotinning jinoyatini tasdiqladi va jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun material yuborildi, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida, "Barnaulda koronavirusning ikkinchi holati tasdiqlandi" xabariga berilgan sharhda er-xotin chet eldan koronavirus yuqtirib kelganlarga qarshi zo‘ravonlik harakatlarini talab qilgan.

"Prokuratura tekshiruvi materiallari Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 280-moddasi 2-qismi (ekstremistik faoliyatga da’vat qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun yuborildi", deyiladi bayonotda.

Hozirgi vaqtda Oltoy o‘lkasida yettita holat mavjud, dastlabki ikkita virus Dominikan Respublikasidan uchib kelgan juftlikda aniqlangan.

Oltoy o‘lkasining Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli. Epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilmoqda, aloqada bo‘lganlar doirasi aniqlanmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!