Amnesty International Isroilni dahshatli jinoyatda aybladi

Amnesty International Isroilni dahshatli jinoyatda aybladi

Isroilning G‘azo sektorida sodir etayotgan qilmishlari hamda rasmiylarning bayonotlari Tel-Aviv Falastin yerlarida genosid (qatliom) qilish niyatida ekanidan dalolat beradi. Bu haqda Amnesty International inson huquqlari tashkiloti hisobotida so‘z boradi.

«Inson ekaning tan olinmasa: Isroilning G‘azodagi falastinliklarni qatliom qilishi» deb atalgan hisobotga ko‘ra, Isroil 2023 yil 7 oktyabrdan buyon mas’uliyatsizlarcha hujum-hamlalar uyushtirib kelmoqda.

Xalqaro tashkilot 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil iyulga qadar G‘azodagi insoniy talafotlar va vayronagarchiliklar, yahudiy davlati rasmiylarining bayonotlarini o‘rganib, Isroil Falastin xalqiga nisbatan genosid sodir etmoqda degan xulosaga kelgan.

Qayd etilishicha, Isroil armiyasi HAMAS hujumidan keyin G‘azoning tinch aholisi boshiga ulkan musibatlar yog‘dirib, halokatga giriftor qildi. Isroil hujumlari oqibatida 42 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘ldi. G‘azoda so‘nggi bir yil ichida barcha a’zolari qirilib ketgan oilalar ham talaygina.

Bombardimonlar oqibatida G‘azo sektori butunlay vayron bo‘ldi. Shaharlar yakson etildi, diniy, tarixiy va madaniy ob’ektlar yo‘q qilindi. Oqibatda G‘azo sektorining katta qismi yashash va dehqonchilik uchun nobop joyga aylandi.

Hisobotga ko‘ra, Isroil insonparvarlik ko‘magi kirishiga to‘sqinlik qilish orqali G‘azo sektoridagi bir necha yuz ming aholini ochlik, tashnalik va kasalliklar girdobida qoldirdi.

Isroil yuzlab falastinliklarni qiynoqqa soldi va asossiz ravishda qamoqqa tashladi.

«Amnesty International tomonidan o‘rganib chiqilgan ayrim harakatlar xalqaro gumanitar huquq yoki inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning jiddiy buzilishi sanaladi. Agar Isroilning butun harbiy kampaniyasi, siyosati va harakatlari yaxlit holda tahlil etilsa, yagona oqilona xulosaga kelish mumkin: maqsad genosid sodir etishdir», – deyiladi hisobotda.

Ma’lum bo‘lishicha, Isroilning G‘azodagi urushga mas’ul bo‘lgan yuqori martabali mulozimlari ham 22 holatda genosidga da’vat qilgan yoki bu mudhish jinoyatni oqlagan. O‘z rahbarlaridan ulgi olgan yahudiy askarlari G‘azoni «er yuzidan supurib tashlash» niyatida xunrezliklar sodir etgan. Askarlarning vayron bo‘lgan uy, masjid, maktab va universitetlar oldida bayram qilishi ham o‘sha mash’um niyatni tasdiqlaydi.

G‘azo sektorida yashab kelgan 2,3 million aholining 70 foizi boshpanasidan ayrilib qochqinga aylangan. Mintaqada tinch aholi jon saqlashi uchun xavfsiz joy qolmagan.

Amnesty International tashkiloti bosh kotibi Anyes Kallamar xalqaro hamjamiyatning sharmandali harakatsizligi Isroilning xunrezliklarni davom ettirishiga yo‘l ochmoqda deb hisoblaydi.

«Jahon davlatlari shunchaki taassuf va xavotir izhor qilishni bas qilib, qat’iy va izchil choralar ko‘rishi, Isroilning ayrim ittifoqchilari esa qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, genosid faktini tan olishi kerak. Hisobot xalqaro hamjamiyatga amaliy harakatlar uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lmog‘i lozim. Bu genosid va uni zudlik bilan to‘xtatmoq darkor!» – degan Amnesty International bosh kotibi.

Xalqaro tashkilot yetakchisi Isroilni qurollantirayotgan AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va YEIning boshqa davlatlarini genosid ishtirokchisi bo‘lib qolishdan ogohlantirgan va qirg‘in vositalarini yetkazishni to‘xtatishga undagan.

Isroilning G‘azo sektoridagi xalqaro huquq va insoniylikka zid harakatlarini boshqa xalqaro tuzilmalar ham keskin qoralamoqda.

Avval xabar berganimizdek, 21 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi G‘azo sektorida insoniyatga qarshi va urush jinoyatlar sodir etgani uchun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi.

Ushbu ikki shaxsga 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 maygacha bo‘lgan muddatda G‘azo sektoridagi tinch aholini yashash uchun zarur bo‘lgan suv, dori-darmon, oziq-ovqat, tibbiy jihozlar, yoqilg‘i va elektr energiyasidan qasddan mahrum qilish aybi ham ilgari surilgan.

Joriy yil iyun oyida BMT Isroilni bolalar huquqlarini poymol etuvchi va ularga zarar yetkazuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. BMT bosh kotibining bolalar va qurolli ziddiyatlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Virjiniya Gamba tomonidan tuzilgan hisobotda G‘azo sektorida bolalarni o‘ldirish, o‘g‘irlash, kaltaklash, shuningdek, maktab va shifoxonalarga hujum haqida so‘z boradi.

Human Rights Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkiloti esa AQSh va Yevropa mamlakatlari Falastin–Isroil ziddiyati borasida ikkiyuzlamachilik qilayotgani haqida bayonot bergan. Ta’kidlanishicha, agar G‘arb davlatlari o‘zlari hamisha bayroq qilgan inson huquqlariga chindan ham sodiq bo‘lsa, Isroilning G‘azodagi harbiy jinoyatlariga ham qarshi chiqishi shart.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Isroil bombardimonlarida minglab falastinlik tinch aholi vakillari o‘ldirilganini qayd etib, yahudiy davlati armiyasini qurollantirayotgan mamlakatlardan qurol-aslaha yetkazishni to‘xtatishni ham talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Husanov APLda qaysi jamoaga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazishi mumkinligi ma’lum

Тез орада расман «Манчестер Сити» футболчисига айланадиган Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти қайси жамоаларга қарши ўйинда амалга ошиши маълум.

Rossiyada o‘lganlar soni rekordmi?

Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Dushanbadan dollar qanchaga yetishi e’lon qilindi

Марказий банк 2025 йил 13 январдан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Барчамиз пенсия ёшига яқинлашиб қоламиз ва энди пенсия ҳақида ўйлашни бошлаймиз. “Энди менга қанча пенсия чиқар экан?”, “Юқори миқдорда пенсия олармикинман?” каби саволлар бизни қамраб олади.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

Marca nashrida Abduqodir Husanov haqida maqola chop etildi

Мақолада ҳамюртимиз Франция чемпионатининг асосий кашфиётларидан бири сифатида эътироф этилган.

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Gvardioladan Abduqodir Husanov haqida so‘rashdi. U esa...

"Манчестер Сити" устозидан ҳамюртимизнинг трансфери ҳақида сўрашди.

Habib Nurmagomedovning AQShda samolyotdan tushirib yuborilishi tergov qilinmoqda

Россиялик UFC жангчиси Ҳабиб Нурмагомедов АҚШда самолёт бортида содир бўлган воқеа ва ундан самолётни тарк этиши сўралган воқеага изоҳ берди. Самолёт Лас-Вегасдан Лось-Анжелесга учаётган эди.

Eldor Shomurodov uchun kurashda yetakchi klub nomi ma’lum bo‘ldi

А Серияда ҳаракат қилаётган "Эмполи" ҳозирда "Рома" шарафини ҳимоя қилаётган ҳамюртимиз Элдор Шомуродовни қўлга киритиш учун курашда етакчилик қилмоқда, дея хабар берди Николо Скира.

Parijning Olimpiya sharmandasi: sportchilar 100 dan ortiq nuqsonli medallarni qaytarishdi

Ташкилотчилар мукофотларни алмаштиришга ваъда беришди.

Ruslar Ukrainaning Sumi viloyatiga bostirib kirdi

Россия қўшинлари Украинанинг Суми вилояти ҳудудига кириб, Курск вилоятидаги Украина плацдармини қуршаб олишга уринган.

Германия мудофаа вазири Борис Писториус эълон қилинмаган ташриф билан Украинада. Бу, эҳтимол, келгуси ойдаги Германия сайловидан олдинги сўнгги сафари. У Трамп келаси ҳафта қайтиши муносабати билан Европанинг доимий қўллаб-қувватлаши ҳақида муҳокама юритишини айтди.

Ҳодиса маҳаллий майдонда футбол ўйини чоғида содир бўлган, у ерда муштлашувдан сўнг номаълум одамлар билан машина етиб келган, шундан сўнг отишма бошланган.

Босқинчилар Ғазонинг бутун ҳудудида оммавий қотилликларни содир этишди. 70 дан ортиқ одам ҳалок бўлди, улар орасида болалар ҳам бор.

Россия Украинанинг Донетск вилоятидаги Покровск ва Мирноград шаҳарларига қуруқликдаги таъминот йўлларини кесиб қўйишни режалаштирмоқда.

Bayden Trampni ISHIDning Suriyada qayta tiklanishining oldini olishga chaqirdi

Бу ҳақда РИА Новости ёзмоқда .

O‘rmon yong‘inlari 47 mingga yaqin Kaliforniyaliklarni elektr energiyasiz qoldirdi

Калифорнияда давом этаётган ўрмон ёнғинлари туфайли 46,8 мингдан ортиқ истеъмолчи электрсиз қолмоқда.

Ganada vabo epidemiyasi qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

Баёнотда айтилишича, бу вилоятларда 4850 гумон вабо касаллиги аниқланган. Қайд этилишича, эпидемия оқибатида ҳалок бўлганлар сони 40 нафарга етган.

NATO davlatlari va Ukraina birgalikda qurol ishlab chiqarishni oshiradi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Bayden Ukrainaga yordam berishdan bosh tortishning iloji yo‘qligini e’lon qildi

Бу ҳақда Америка президенти Жо Байден Давлат департаментида ташқи сиёсат бўйича якуний нутқи чоғида маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .

Arktikani neft bilan ifloslanishdan himoya qiluvchi sorbent ishlab chiqildi

Россиялик олимлар Арктикани нефть билан ифлосланишдан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топишди.

Suriyadagi misrlik muxolifatchi Sisiga tahdid qildi

Сурия мухолифатининг фаоли Аҳмад ал-Мансур ижтимоий тармоқлардаги чиқишларида «Навбат сенга, диктатор» хештегидан фойдаланиб, ас-Сисини Башар Асаднинг тақдирини такрорлаши мумкинлиги ҳақида огоҳлантирди.

Ukrainaga yangi nemis gaubisalarining birinchisi topshirildi

Германия мудофаа вазири Борис Писториус Украинанинг артиллерия қобилиятини кучайтириш мақсадида режалаштирилган 54 та ғилдиракли гаубицанинг биринчисини топширди.

HAMAS xalqaro hamjamiyatni falastinlik mahbuslarni himoya qilishga chaqirdi

Исроилнинг Ғазодаги Дараж туманига уюштирган ҳужумида етти фаластинлик ҳалок бўлди.

“Dunyo sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqiqatni bilishi kerak”

Шимолий Корея қўшинлари Украинада.

Turkiyaning 2024 yildagi arxeologik kashfiyotlari

Туркия сўнгги йилларда дунё археология соҳасидаги янги кашфиётлари билан шов-шувларга сабаб бўлмоқда ва йил давомида олиб борилган қазишмалар орқали минг йиллар аввалги ҳаёт изларини очиб берадиган муҳим топилмаларни топишда давом этмоқда.

Zelenskiy Shimoliy Koreya askarlarini Kim Chen Inning qo‘liga topshirishga tayyor

Украина президентининг айтишича, Шимолий Кореянинг икки аскари Россиянинг Курск вилоятида Украина қўшинлари томонидан ҳарбий асир сифатида асирга олинган. Пхенян урушда Москвага ёрдам бериш учун минглаб аскарларини сафарбар этган.

Quyoshda ulkan teshik paydo bo‘ldi – Yerda kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

Яқин соатларда Ерга кучли қуёш шамоли келади.

Polshada IKEA do‘konidan minalar topildi

Иш ўқ-дориларни туширишдаги эҳтиётсизлик билан боғлиқ бўлиб, аскарлар 5 йилгача қамоқ жазосига ҳукм қилиниши мумкин.

Jizzaxda ilonni tiriklayin yegan odam jarimaga tortildi

У бу иши учун 7,5 млн. миқдорида жаримага тортилган.

Los-Anjeles atrofidagi yirik o‘rmon yong‘inlarida 24 kishi halok bo‘ldi. Meteorologlar kuchli shamol haqida ogohlantirdi

Калифорния ўрмонларни муҳофаза қилиш ва ёнғиндан сақланиш департаменти маълумотларига кўра, аланга 12 мингдан ортиқ иншоотни вайрон қилган ва 150 мингга яқин одам ўз уйларини тарк этишга мажбур бўлган.