«Amir Temur tuzuklari»ga sharhlar – dunyoning turli tillarida

«Amir Temur tuzuklari»ga sharhlar – dunyoning turli tillarida

Rossiyalik olim Vladimir Kvintning «Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga sharhlar» monografiyasi olti tilga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Ilgari kitob rus, o‘zbek va polyak tillarida nashr etilgan va Rossiya, O‘zbekiston hamda Polshada keng taqdimoti o‘tkazilgan. Endi bu asarni qirg‘iz, ingliz va xitoy tillarida ham o‘qish imkoni tug‘ildi.

Kitob buyuk sarkarda va atoqli davlat arbobi, strateg Amir Temur ijodining qayta chop etilgan faksimil nusxasi hisoblanadi

Muallif «Temur tuzuklari»ni sinchiklab o‘rganib chiqqan, kitobning davlat arboblari, yetakchi-strateglar va strategik o‘qitish bo‘yicha mutaxassislar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan qismlarining qisqacha mazmunini tuzgan va ularni sharhlagan.

Ushbu asar davlatlar rahbariyatiga davlat, harbiy va xo‘jalik boshqaruvi darajasida strategik qarorlar qabul qilishda yordam berish hamda Amir Temur tajribasini ommalashtirishga qaratilgan, chunki ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, “Tuzuklar”da bayon etilgan g‘oyalar hozirgi kunlarda, zamonaviy dunyoda ham, har qachongidan dolzarbroqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!