Amir Temur haqida multfilm ishlab chiqariladi

Amir Temur haqida multfilm ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi yirik loyiha - «Renessans» ustida ish olib bormoqda. Loyihada birinchi va ikkinchi renessans davridagi ajdodlarimiz haqida 30 ta animasion film ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ayni damda ijodiy guruh Amir Temur siymosiga bag‘ishlangan animasion film ustida qizg‘in ish olib bormoqda.

Jamoaga rejissyor Odil Mahamadov rahbarlik qilmoqda. Animatorlar Zebo Saidazimova, Sanobar Erkinova, Firdavs No‘monov, Mohira Mirzayeva. Ssenariy muallifi – To‘lqin Hayit, postanovkachi rassom – Doniyor Abduvositov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!