Amerikaning Ukrainaga qurol va texnika yetkazib berish hajmi kamayib bormoqda

Amerikaning Ukrainaga qurol va texnika yetkazib berish hajmi kamayib bormoqda

Bunday xulosalarni ukrainalik Forbes sharhlovchisi Vladimir Dasenko tayyorlagan infografikadan chiqarish mumkin.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta pasayish artilleriya tizimlarini ta’minlashda qayd etilgan. Ta’minot cho‘qqisi aprel oyida keldi, iyul oyidan boshlab hajmlarda sezilarli pasayish kuzatildi.

Ekspert Ukraina Qurolli kuchlarida zirhli texnikalar soni yetarli emasligini qayd etadi. Shuningdek, iyun oyidagi ko‘tarilishdan so‘ng vertolyotlar va uzoq masofali raketa tizimlari, jumladan, HIMARS yetkazib berish keskin kamaydi.

Avvalroq Pentagon Kiyev so‘rovlariga qaramay, Ukrainaga yangi HIMARS MLRS jo‘natishdan bosh tortgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!