Amerikaning Rocket raketasi halokatga uchradi

Amerikaning Rocket raketasi halokatga uchradi

Kanaveral burni (Florida, AQSh) kosmodromidan Astra Rocket tashuvchi raketasining uchirilishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

SLC-46 uchirish maydonchasidan uchirilish 2022 yil 12 iyun kuni Nur-Sulton vaqti bilan 23:43 da bo‘lib o‘tdi va jonli efirda uzatildi.

Rocket raketasi Amerikaning Astra kosmik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu missiya doirasida NASA buyrug‘i bilan har birining og‘irligi 3,8 kg bo‘lgan ikkita meteorologik 3U kubsatni orbitaga chiqarilishi kerak edi.

Biroq uchirishdan 7 daqiqa 22 soniya o‘tgach, ikkinchi bosqich dvigateli belgilangan muddatdan 70 soniya oldin o‘chib qoldi, natijada raketa sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqara olmadi.

Raketaning foydali yuki bo‘lgan ikkinchi bosqichi yo‘qoldi va Astra Rocketning ishga tushirilishi favqulodda holatga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!