Amerikalik taniqli qo‘shiqchi va uning o‘g‘li koronavirusga chalindi

Amerikalik taniqli qo‘shiqchi va uning o‘g‘li koronavirusga chalindi

Amerikalik qo‘shiqchi Pink (Alisha Bet Mur) koronavirus bilan kasallanganligini aytdi.

San’atkor ikki hafta oldin instagramda u va uning uch yoshli o‘g‘li Jeymsonda koronavirus alomatlari borligini yozgandi. Qo‘shiqchining davolovchi shifokori koronavirusni tekshirish imkoniga ega edi, shuning uchun Alishaga o‘z vaqtida tashxis qo‘yildi.

Bir necha kun oldin xonanda va uning o‘g‘lida takroriy test o‘tkazilib, koronavirus aniqlandi.

Xonanda amerikaliklar uchun testlarni yanada qulayroq qilishga chaqirdi va infeksiyaga qarshi kurash uchun 1 million dollar ajratdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!