Amerikalik qo‘shiqchi uylanish uchun AQSh hukumatiga 160 ming dollar to‘ladi
Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift Nyu-York shahar hukumatiga Trevis Kelsi bilan Medison-skver-gardenda to‘yini o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish uchun 160 000 dollardan ortiq pul to‘ladi.
Bu haqda Nyu-York shahar meri Zohran Mamdani matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Xonandaga taqdim etilgan ruxsatnoma ko‘chalarni yopish, qo‘shimcha polisiya xodimlari, to‘y joyi atrofidagi hududda to‘siqlar o‘rnatish va boshqa ko‘p narsalarni o‘z ichiga olgan. To‘lovga polisiya xodimlarining qo‘shimcha ish haqi ham kiritilgan.
Jurnalistlar Teylor Svift polisiya xodimlariga qo‘shimcha ish vaqti uchun pul to‘laydimi, degan savolga janob Mamdani: "Teylor Svift to‘laydi... va ruxsatnoma narxini, ya’ni 160 000 dollardan ortiq pulni to‘lagan", deb javob berdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ruxsatnoma to‘ydan bir necha kun oldin berilgan.
Teylor Svift va Trevis Kelsining to‘yi 2-3 iyul kunlari Medison-skver-gardenda o‘ta maxfiylik sharoitida bo‘lib o‘tdi. Birinchi kuni 100 mehmon uchun tushlik uyushtirildi. Ikkinchi kuni yulduzlar va taniqli shaxslarni o‘z ichiga olgan taxminan 1000 ta taklif qilingan mehmonlar tashrif buyurishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, butun bayram 30-50 million dollar atrofida bo‘lgan.
