Amerikalik harbiylar KXDR uchirgan raketaga izoh berdi

Amerikalik harbiylar KXDR uchirgan raketaga izoh berdi

Amerikalik harbiylar KXDR ko‘plab ballistik raketalarni uchirganini biladi va ushbu raketalarning AQSh yoki ittifoqchilari uchun tahdidini ko‘rayotgani yo‘q, deb bayonot berdi AQShning Hind - tinch okeani qo‘mondonligi.

Bundan avvalroq ommaviy axborot vositalari Shimoliy Koreyaning Yapon dengiziga qarata uchta raketa uchirgani haqida xabar tarqatgan edi.

"Bizning KXDRning ko‘plab ballistik raketalarni uchirganidan xabarimiz bor. Biz vaziyatni baholab bormoqdamiz va ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan ushbu masalada maslahatlar olib boramiz", –deyiladi matbuot xabarnomasida.

"Garchi, raketa parvozlari shaxsiy tarkibga, AQSh yoki ittifoqchilar hududiga bevosita xavf tug‘dirmasada, raketa uchirishlar KXDRning noqonuniy qurollanish dasturi mintaqa barqarorligiga salbiy ta’sir etishini ko‘rsatmoqda", – qo‘shimcha qildi amerikalik harbiylar.

Xabarda AQSh o‘zining mintaqadagi ittifoqchilari – Janubiy Koreya va Yaponiyani mudofaa qilishga sodiq ekanini ta’kidlagani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!