Alp muzliklari butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida – olimlar

Alp muzliklari butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida – olimlar

Birgina o‘tgan asrning o‘zida Fransiyaning eng yirik muzligi bo‘lmish Monblan hajmining chorak qismidan ko‘pini yo‘qotdi va taxminan ikki kilometr ortga chekindi.

Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, agar atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid gazining darajasi asr oxiriga kelib barqarorlashmasa, tog‘ muzliklari butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

“Er qanchalik isisa, muzning maydoni shunchalik kamayadi. Muzlik qanchalik kichik bo‘lsa, quyosh nurlarini aks ettiruvchi "oq sirt" ham shunchalik kamroq bo‘ladi. Agar uning ulushi Quyosh ta’siri ostida isiydigan qorong‘i sirt foydasigacha kamayishda davom etsa, bu global isish jarayonini tezlashtiradi", demoqda olimlar.

Shuningdek, qayd etilishicha, haroratning ko‘tarilishi abadiy muzning erishiga olib keladi. O‘z navbatida, ushbu jarayon tog‘ jinslarini beqarorlashtirib, ko‘chkilar keltirib chiqargan holda Alp tog‘larida joylashgan yuzlab ob’ektlarga xavf tug‘diradi.

"Zero, so‘nggi yigirma yil ichida tosh ko‘tarib turuvchilar, mehmonxonalar poydevori va tog‘larda joylashgan boshpanalar tayanchlarining beqarorligiga tobora ko‘proq guvoh bo‘lmoqdamiz", deya qo‘shimcha qilmoqda olimlar.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!