Almazbek Atamboyev turkiyaliklarga noqonuniy ravishda qirg‘iz pasportlarini berganmi?

Almazbek Atamboyev turkiyaliklarga noqonuniy ravishda qirg‘iz pasportlarini berganmi?

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergovga tortilishi mumkin: Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasi 2016 yilda Turkiya fuqarolariga noqonuniy ravishda Qirg‘iziston pasportlari berilishi bo‘yicha surishtiruv boshladi.

Ma’lumot berilishicha, fuqarolik berish bo‘yicha qaror Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi fuqarolik ishlari bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilingan, farmonga esa Atamboyev imzo chekkan. Natijada o‘n nafar Turkiya fuqarosi qirg‘iz pasportiga ega bo‘lgan.

2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng Turkiya hukumati Qirg‘iziston hududida faoliyat ko‘rsatayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulen fondi muassisligidagi "Sebat" liseyi respublika xavfsizligiga tahdid solishini bildirgan va ularni yopishni tavsiya qilgandi.

Qirg‘iziston liseylarni yopmaslikka, ammo ularning nomini "Sapat" deb o‘zgartirish, nizomiga o‘zgartirishlar kiritish hamda muassislar tarkibiga mamlakat ta’lim vazirligini ham kiritishga qaror qildi.

Turkiya fuqarosi O‘rxan Inanda "Sebat" liseylar tarmog‘i va "Otaturk-Ala-Too" universiteti asoschisi hisoblanadi. U 2012 yilda Qirg‘iziston fuqaroligini olgan.

2 iyun kuni Qirg‘iziston OAV Inandaning qarindoshlari u yo‘qolib qolgani to‘g‘risida milisiyaga ariza bilan murojaat qilishgani haqida xabar berdi. 5 iyulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Inanda maxsus operasiya natijasida ushlanib, Turkiyaga olib kelinganini ma’lum qildi.

6 iyulda Qirg‘iziston prezidenti hukumat Turkiyadan Inandaning qaytarilishini talab qilishini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!