Alisher Usmonov Namanganda xalqaro biznes markazi quradi

Alisher Usmonov Namanganda xalqaro biznes markazi quradi

O‘zbekistonlik tadbirkor, UMS Holding asoschisi Alisher Usmonov tomonidan Namanganda Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Namangan viloyat hokimiyati matbuot xizmati viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga asosan.

Xalqaro biznes markazi qurilishi Kelgusi yilning bahor oylarida boshlanadi. 6 gektarni egallagan markaz  Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq “Kichkintoylar bog‘i”da bo‘ldi. Markazda Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi, - deyilgan xabarda. 

"Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investisiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi", — dedi viloyat hokimi.

Shu bilan birga Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!