8 oktyabr kuni milliarder Alisher Usmonov Germaniyaning ARD telekanali jurnalisti Xans-Yoaxim (Xayo) Zeppeltni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilib, Kyoln prokuraturasiga ariza topshirdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, milliarderning noroziligiga 4 avgust kuni ARD telekanalida Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida qilichbozlik bo‘yicha berilgan reportaj sabab bo‘lgan. Unda Zeppelt «kerakli» sportchilarning g‘alabalarini ta’minlash uchun Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE)ning «hakamlarini sotib olish tizimi» yaratilganini bildirgan.
Zeppeltning surishtiruvi iste’fodagi FIE hakamining so‘zlari va Olimpiadaning 1/8 finalida gurjistonlik qilichboz Sandro Bazadzening misrlik Muhammad Amerga yutqazganiga asoslangan edi. Shundan so‘ng sportchi hakamlik adolatsiz bo‘lganini aytdi. Keyinchalik uning otasi, Gurjiston qilichbozlik federasiyasi prezidenti Merab Bazadze buni Sandroning ruhiy tushkunligi bilan izohladi va kechirim so‘radi. Zeppelt bilan suhbatlashgan sudya FIE unga 2023 yilgi saralashdan o‘ta olmagani va hakamlar hay’atidan chetlashtirilganini ma’lum qilganini aytdi.
Shtaynxyofel Zeppeltning reportajlari «asosiy jurnalistika standartlarini buzgani» va bu «jurnalistika emas, balki sharmandalik» ekanini ma’lum qildi. Oktyabr oyida Hamburg sudi Usmonovning da’vosiga ko‘ra, milliarderga qarshi ayblovlar bo‘lgan ARD reportajini tarqatishni taqiqlab, material shubhaga asoslangan va shaxsiy daxlsizlik huquqini buzadi degan qarorga keldi. Shundan so‘ng nemis telekanali reportajni o‘chirib tashladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Тожикистоннинг Суғд вилояти Конибодом туманида 8 декабр куни бир оиланинг олти аъзоси — эр-хотин ва уларнинг тўрт нафар фарзанди қотиллик қурбонига айланди.
"Биринчи кунданоқ сиз: «Аллоҳ буюкдир», деб айтдингиз. У раҳмон ва раҳмлидир, дедингиз. У оламларнинг Роббидир, дедингиз. Сиз фақат Унга ишондингиз. Фақат Ундан ёрдам сўрадингиз...".
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.