Alisher Nikimbayev: «Isroil hamma chegaralarni buzdi, lekin Infantino Tramp bilan yaxshi munosabat tufayli uni chetlata olmayapti»

A A A
Alisher Nikimbayev: «Isroil hamma chegaralarni buzdi, lekin Infantino Tramp bilan yaxshi munosabat tufayli uni chetlata olmayapti»

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev FIFA Isroil jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlata olmayotgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Bundan oldin FIFA kengashi Isroil jamoalarini ehtimoliy musobaqalardan chetlatish masalasini muhokama qilmagani, tashkilot prezidenti Janni Infantino esa «FIFA geosiyosiy muammolarni hal qila olmaydi» degani haqida xabar berilgan edi.

«Balki UYEFA Isroilni rasmiy musobaqalardan chetlatishni xohlar, ammo bu borada hammasi FIFAning pozisiyasiga borib taqaladi.

FIFAning bugungi pozisiyasi AQShga bog‘liq. Hozirgi kunda AQSh Isroilning asosiy, hatto yagona ittifoqchisi ekanini hamma biladi. Endi Isroilning boshqa tarafdorlari qolmadi. U hamma chegaralarni buzdi.

Bu juda noxush holat. Siyosat futbolni nazorat qilayotgani hech kimga sir emas. Biz bu narsaga ko‘nikib ham qoldik. Infantino Tramp bilan do‘stona munosabatni saqlab qolishga urinyapti, shuning uchun FIFA AQSh pozisiyasidan kelib chiqib harakat qilmoqda», — dedi Alisher Nikimbayev Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.