Alibaba.com platformasida O‘zbekiston milliy onlayn pavilyoni ishga tushdi

Alibaba.com platformasida O‘zbekiston milliy onlayn pavilyoni ishga tushdi

O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan keyin elektron tijorat saytida milliy bo‘limga ega bo‘lgan uchinchi MDH davlati bo‘ldi.

Ayni paytda pavilonda O‘zbekistonning 50 ga yaqin korxonasini ko‘rish mumkin bo‘lib, ular 4800 dan ortiq turdagi tovarlarni taklif etmoqda. Eksport mahsulotlari Alibaba faoliyat yuritadigan 190 mamlakatda mavjud bo‘ladi.

Platforma xodimlari ishbilarmonlarga platformadan qanday foydalanishni o‘rgatadi, shuningdek, undagi ishlarini optimallashtirishda ularga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!